De Yong: "Jahon chempionatiga g'alaba uchun boramiz"

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionati saralashi guruh bosqichi so'nggi o'yinida Litvani yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng Frenki de Yong jamoaning JChdagi maqsadi haqida qisqa fikr bildirdi.
"Biz Jahon chempionatiga uni yutish uchun boramiz", - dedi 27 yoshli futbolchi vi.nl nashriga.
JCh-2026ga 5 dekabr kuni Vashingtonda qur'a tashlanadi.