De Yong "el-klasiko" oldidan "Barsa" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

Frenki de Yong klasikoga bir necha kun qolganida mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi.
"Barselona" yarim himoyachisi gastroenterit tufayli bugungi mashg'ulotni o'tkazib yubordi, deb yozadi AS. Shu bilan birga, u 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, gastroenterit tufayli "blaugrana" himoyachisi Andreas Kristensen ham mashg'ulot o'tkazmadi. Xuddi shu sababdan u Chempionlar ligasida "Olimpiakos"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi (6:1).