"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar ligasining yangi formatiga baho berdi.

"Chempionlar Ligasining yangi formati menga juda yoqdi! U juda dinamik va oldindan aytib bo'lmaydigan, hamma narsa sodir bo'lishi mumkin," - deya de Yongning so'zlarini keltiradi Voetbal.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Barselona" "Nyukasl"ni mag'lub etdi (2:1). 2-turda "Barselona" "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 1 oktyabrga belgilangan.