"Barselona" futbolchisi Frenki de Yong jamoasining joriy Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari Angliyada “Nyukasl”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, turnirni kuchli boshlashdi.

"O'ylaymanki, umumiy bosqich qiziqarli bo'ladi - biz turli raqiblarga duch kelamiz va hamma narsa sodir bo'lishi mumkin.

Avvaliga kuchli sakkizlikdan joy olishimiz kerak, keyin esa bosqichma-bosqich olg'a boramiz", - dedi de Yong o'yindan keyingi intervyusida.