"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoaning mavsumdagi maqsadlari o'zgarmasligini aytdi - barcha mumkin bo'lgan sovrinlar uchun kurash.

"Unvonlarga kelsak, men har doim aytganimdek, maqsadlarimiz yildan-yilga o'zgarmayapti: barcha mumkin bo'lgan unvonlar va o'yinlarni yutish.

Biz bunga erishishga harakat qilamiz va ishonamanki, bizda barcha turnirlarda qatnasha oladigan jamoa bor. Ko'ramiz, buning uddasidan chiqamizmi yoki yo'q", - dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Frenki de Yong "Barselona" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi.