Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong kecha "Barselona" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga qo'l qo'ydi.

28 yoshli niderlandiyalik futbolchi klubdagi eng sevimli lahzasini yodga oldi.

– "Barcelona"dagi eng sevimli lahzangiz qaysi?

– U hali oldinda, deb o'ylayman. Hozircha 2022/23 yilgi La Liga chempionligini ayta olaman", - dedi 28 yoshli xavbek.

De Yong 2019 yilda "Ayaks"dan 86 million evro evaziga "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilgan.