De Vreyning agenti himoyachining «Inter»dagi kelajagi haqida ma'lumot berdi

«Inter» himoyachisi Stefan de Vreyning agenti Federiko Pastorello mijozining milanliklar bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
«Bu borada «Inter» bilan gaplashib olamiz. Stefan o'zini italiyalikdek his qiladi, u «Inter»da sakkiz yil, «Latsio»da esa besh yil o'tkazdi. Biroq, ochig'ini aytsam, u menga xorijda o'ynab ko'rish istagi borligini aytgandi. «Feyenoord» qatori «Inter» ham uning jamoasi hisoblanadi. Agar shartnomani uzaytirish imkoniyati paydo bo'lsa, biz bunga tayyormiz», — deya Pastorelloning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Stefan de Vrey 2018 yilda «Latsio»dan «Inter»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda gollandiyalik futbolchi milanliklar safida barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushdi.