Italiyaning «Milan» klubi sobiq a'zosi Mattia de Shilo Chexiya chempionatida debyut qilishga tayyor — u Kralove shahrining «Gradets» klubi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Nufuzli italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, futbolchi bugun yangi kelishuv oldidan an'anaviy tibbiy ko'rikdan o'tish uchun aynan o'sha erda bo'lib turibdi.

O'tmishda futbolchi ko'p yillar davomida «Milan» sharafini himoya qilgan, biroq 2017 yilda klubni tark etgan edi. O'tgan mavsumda De Shilo «Empoli» sharafini himoya qildi, ammo klub A Seriyani tark etgach, futbolchi bilan xayrlashdi. Endilikda u o'z yakuniga etib borayotgan faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor.