De Paul va jamoa Messini tabriklashdi (Foto)

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joylashtirdi. Futbolchi unda «albiseleste»ning jamoaviy suratini namoyish etdi — rasm markazida chorshanba kuni 39 yoshni qarshi olgan Lionel Messi joy olgan.
«Tug'ilgan kuning bilan, kapitan!» — deb yozdi de Paul.

Argentina terma jamoasi atigi ikkita o'yindayoq Jahon chempionati guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlash vazifasini hal qilib bo'ldi. Lionel Skaloni shogirdlari Jazoir va Avstriya terma jamoalarini umumiy 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Qizig'i, jamoaning ushbu betalaf kechgan o'yinlardagi barcha 5 ta goliga Lionel Messining bir o'zi mualliflik qildi.
Uchinchi turda Argentina terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Bu bahsda «albiseleste» uchun hech qanday turnir motivatsiyasi qolmagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar