De Ligt hozirgi "Manchester Yunayted"ning kuchini baholadi

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt jamoaning ayni damdagi saviyasi qanchalik yuqori ekani haqida javob berdi.
Hozirda Ruben Amorim jamoasi Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa to'rtlikdan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
"Biz to'g'ri yo'nalishda ketyapmiz. Albatta, biz erishmoqchi bo'lgan darajadan hali ancha uzoqmiz, ammo taraqqiyot davom etmoqda. Hozir jamoa ko'tarilmoqda, so'nggi besh o'yinda mag'lubiyatga uchramadik. Umid qilamanki, tendentsiya xalqaro pauzadan keyin ham davom etadi", - dedi niderlandiyalik futbolchi.
Keyingi turda, 24 noyabr kuni mankunianliklar o'z uyida "Everton"ni qabul qiladi.