De Laurentis: «Agar Konte so'rasa, uni terma jamoaga qo'yib yuborgan bo'lardim»

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening Jennaro Gattuzo ketganidan keyin ustozsiz qolgan Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida gapirdi. Italiyaliklar ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatiga chiqa olishmadi.
«Konte terma jamoadami? Ha, menimcha, agar u o'zi mendan shuni so'rasa, uni qo'yib yuborgan bo'lardim», — deya De Laurentisning so'zlarini keltiradi CalcioNapoli24.
Shuningdek, De Laurentis Antonio Kontening Italiya terma jamoasi murabbiyi bo'lishga qaror qilishiga shubha bildirdi: «Hozircha jiddiy suhbatdosh yo'q ekan, menimcha, u mutlaqo tartibsiz biror narsaning boshida turishni rad etadi».
Hozirda Italiya futbol federatsiyasi prezidentsiz qolmoqda. Gabriele Gravina terma jamoa jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin iste'foga chiqqan edi.