Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning holati haqida gapirib berdi.

«Barselona»ning 18 yoshli futbolchisi yaqindagina jarohatidan qutildi. JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda (0:0) yulduzli futbolchi faqatgina 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, biroq ispaniyaliklarning kutilmagan ochko yo'qotishining oldini ola bilmadi.

«Saudiya Arabistoniga qarshi navbatdagi o'yin oldidan vaziyatni baholashimiz kerak. O'yinlar taqdiri ikkinchi bo'limda hal bo'ladi, shuning uchun ehtiyotkorlikni saqlash lozim. Qaror qabul qilishdan oldin Laminning holatini hisobga olamiz. Nazarimda, u maydonda taxminan 45 daqiqa harakat qila oladi», — dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz