De la Fuente: "Yamal umidlarni oqlash uchun ko'p mehnat qilishi kerak"

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning rivojlanishi haqida gapirdi.
"Biz 16 yoshidan terma jamoada o'ynagan futbolchini qadrlashimiz kerak. U hamma narsaga o'zi erishdi.
OAV unga katta bosim o'tkazmoqda va u umidlarni oqlash uchun ko'p mehnat qilishi kerak. Laminning ajoyib qobiliyati bor, lekin u faqat iste'dodning o'zi etarli emasligini tushunadi - agar tabiiy qobiliyatlar doimiy fidoyilik bilan qo'llab-quvvatlanmasa, uni rivojlantirish mumkin emas", - deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi ispan OAV.