De la Fuente: «Yamal allaqachon qarib qolgan»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 19 yoshga to'lgan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Barselona»ning yulduzli vingeri Jahon chempionati yarim finali doirasidagi Frantsiyaga qarshi o'yindan bir kun oldin, 13 iyul kuni tug'ilgan kunini nishonladi.
«Tasavvur qiling-a, u 19 yoshda. U allaqachon qarib qolgan. Uning futboldagi vaqti u qadar ko'p qolmadi», — deya hazilomuz tarzda ta'kidladi «qizil furiya» ustozi matbuot anjumanida.
— Yo'q, yo'q, u xotirjam bo'lishini va xavotirga tushmasdan, lazzat olishini istayman. Umid qilamanki, u doimgidek o'yindan zavq oladi», — dedi de la Fuente.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar