De la Fuente JCh finali oldidan Ispaniya va Argentina terma jamoalarining o'xshash jihatlarini sanab o'tdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi Jahon chempionati finalchilarining o'xshash tomonlari haqida gapirib berdi.
Yakshanba kuni 00:00 da mundialning hal qiluvchi bahsi boshlanadi, unda ispanlarga Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi.
«Skaloni bilan biz ko'plab o'yin printsiplari va futbol haqidagi qarashlarda bir xil fikrdamiz. Menimcha, jamoalarimiz bir-biridan unchalik farq qilmaydi. O'yin juda teng kurashlar ostida o'tadi, hammasini mayda detallar hal qiladi, ammo biz raqibga o'z o'yinimizni singdirishimiz kerak», — dedi de la Fuente o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar