De la Fuente: «Jamoa g'azabda»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jahon chempionati-2026 guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Kabo-Verde bilan kechgan dastlabki durangdan (0:0) so'ng jamoa jangovar ruhda ekanligini ma'lum qildi.
«Jamoa g'azabda, ular juda tarang holatda. Bu yaxshi. Agar o'yin 2:0 yoki 3:0 hisobida tugaganida, tahlil boshqacha bo'lardi. Hech qanday bosim yo'q. Biz maydonga qaytishga, vaziyatni o'zgartirishga va o'zimizda bo'lgan o'sha avvalgi ruhni qaytarishga chanqoqmiz», — deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi AS.
Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvi 21 iyun kuni Atlantadagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar