De la Fuente Ispaniyaning JCh favoritlaridan biri sifatidagi maqomi haqida gapirdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida g'oliblik uchun asosiy da'vogarlardan biri ekanligi haqida to'xtaldi.
— Sizlarni asosiy da'vogarlardan biri deb hisoblashmoqda. Kiyinish xonasida bunday kutishlar va bosim bilan qanday kurashyapsiz?
— Sizning «asosiy da'vogarlardan biri» degan iborani qo'llaganingiz menga ma'qul keldi. Da'vogarlar tarkibi juda kuchli, men so'nggi jahon chempionatlarining birortasida bunday raqobatni eslay olmayman. Chempion bo'lish ishtiyoqida bo'lgan bir nechta top-jamoalar bor. Bu bizga og'irlik qilmasligi kerak. Bizning tinimsiz mehnatimiz va ajoyib jamoaviy o'yinimiz bizni shu natijaga olib keldi. Bularning barchasi bizning yondashuvimiz natijasidir, — deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.