Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuentening kelajagi borasida bir to'xtamga keldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

OAVga ma'lum bo'lishicha, JCh-2026'dan so'ng tajribali mutassis bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha uzil-kesil qaror qabul qilingan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Federatsiya esa bitimni 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar uzaytirishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, 65 yoshli ispaniyalik mutassis qo'l ostida "Qizil furiya" Evro-2024 va 2026-yilgi jahon chempionatida zafar quchdi. Yaqinda yakunlangan mundial finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani mag'lub etdi (qo'shimcha bo'limlarda 1:0).

Manba: Stadion.uz