Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionatida kim asosiy darvozabon bo'lishi haqida savolga javob berdi.

— Joan Garciya va Unai Simon orasidan kimni asosiy qilib tanlaysiz?

— Nega biz David Rayya haqida ham gapirmaymiz? Men butunlay xotirjamman. Bizda dunyodagi eng yaxshi darvozabonlar bor va muxlislar ularni qo'llab-quvvatlaydi", - dedi mutaxassis.