De la Fuente Argentinaga qarshi final oldidan kim bilan maslahatlashganini oshkor qildi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi Jahon chempionati finali arafasida taniqli futbol mutaxassisi Visente del Boske bilan bo'lib o'tgan suhbat haqida gapirib berdi.
«Men del Boske bilan gaplashdim. Bu inson o'yinning haqiqiy bilimdoni. Unga juda katta hurmat bilan qarayman. U terma jamoada ishlagan paytida xuddi shunday vaziyatda bo'lgan. Visente foydali maslahat bera oladi», — deya de la Fuentening so'zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, del Boske «qizil furiya»ni Jahon va Evropa chempionatlarida g'alabaga etaklagan murabbiy hisoblanadi.
2026 yilgi mundial finalida Ispaniya terma jamoasi Argentina terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv yakshanba, 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar