De Dzerbi: «Tottenxem» qolgan barcha 5 ta o'yinda g'alaba qozonishi mumkin»

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Brayton» bilan qayd etilgan durangdan so'ng (2:2), Premer-ligada qolish uchun kurash haqida gapirdi. «Shporlar» g'alabaga juda yaqin edilar, biroq 95-daqiqada gol o'tkazib yuborib, muhim ikki ochkoni yo'qotishdi.
«Hech narsa tugagani yo'q, oldinda yana beshta o'yin bor. Barchaga ma'lumki, bizga og'ir, vaziyat haqiqatan ham murakkab. Lekin oldinda beshta o'yin — potentsial 15 ochko turibdi. Jamoamiz ketma-ket besh marta g'alaba qozonishga qodir», — deya jurnalist Jorj Seshns de Dzerbining so'zlarini keltirmoqda.
«Tottenxem» hamon xavfli hududda qolmoqda. 17-o'rindagi «Vest Xem»dan farq bitta ochkoni tashkil etadi, biroq «bolg'achilar» hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.