De Dzerbi «Tottenhem» rahbariyati bilan uchrashadi

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klub rahbariyati bilan suhbatlashishni rejalashtirdi. Bu haqda jurnalist Jeyms Devis xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, murabbiy dushanba, 22 iyun kuni boshliqlar bilan bog'lanib, bir qator muhim masalalarni, jumladan, o'z talablari va transfer bozoridagi ishlarni muhokama qilmoqchi. Suhbat kunning ikkinchi yarmida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
De Dzerbi o'tgan bahorda «Tottenhem» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Italiyalik mutaxassis qo'l ostida «shporlar» Angliya premer-ligasidagi o'rnini saqlab qoldi va turnir jadvalida 17-o'rinni egalladi. Xavfli zonadan farq bor-yo'g'i ikki ochkoni tashkil etdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar