De Dzerbi o'zi uchun motivatsiya topdi

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi 2025/26 yilgi mavsum yakunidagi motivatsiya haqida gapirib berdi.
«Biz ushbu bosimdan yangi motivatsiya topishimiz kerak. Agar hamma «Tottenxem»ning quyi ligaga tushib ketishini istayotgan bo'lsa, bu men uchun va umid qilamanki, futbolchilarim uchun ham katta motivatsiyadir. Biz futbol raqobat tufayli go'zal ekanini qabul qilishimiz kerak. Ularning stadionida g'alabani qanday nishonlashimizni tasavvur qilish yoqimli. Futbol shunisi bilan futbol, to'g'rimi?
Bu motivatsiya, bu chorlov. Agar chorlov qiyinroq bo'lsa, biz yangi motivatsiya topishimiz hamda o'yin boshidan oxirigacha birdamlikka e'tibor qaratishimiz osonroq bo'ladi.
Biz o'yinni durang haqidagi xayol bilan boshlay olmaymiz. Biz o'yinni boshlashimiz, unga tayyorgarlik ko'rishimiz va majlislarda g'alaba qozonish haqida gapirishimiz kerak. Hamma ligada qolishni istaydi, hamma shu maqsadga erishishni xohlaydi va faqat shundan keyingina qolgan narsalar haqida gaplashishimiz mumkin», — dedi De Dzerbi matbuot anjumanida.
«Tottenxem» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi — klub 36 ta o'yindan so'ng 38 ochko jamg'argan.