De Dzerbi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan Pavarni qo'llab-quvvatladi

"Marsel" ustozi Roberto de Dzerbi Liga 1 9-turidan o'rin olgan "Lans"ga qarshi safar o'yinidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Provansal jamoasi safarda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
"Oxirgi ikki muvaffaqiyatsizlikni Pavarning eng yaxshi harakatlari bilan izohlash mumkin emas. Uning hozir avtogollarda omadi kelmayapti. Lekin Benjamen bu bilan o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. U jamoamizning muhim o'yinchisi. U xotirjamlikni saqlab, ishlashda davom etishi kerak," - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi Footmercato.
O'tkazilgan 9 o'yindan so'ng de Dzerbi shogirdlari 18 ochko jamg'arishdi. Provansal jamoasi Frantsiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.