De Dzerbi Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "Marsel"dan iste'foga chiqarilishi mumkin

"Marsel" Chempionlar Ligasida mag'lubiyatga uchradi. Umumiy bosqichning so'nggi turida provansalliklar safarda "Bryugge"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Natijada "Marsel" pley-offdan quruq qoldi - Anatoliy Trubinning "Real" darvozasiga (4:2) urgan goli tufayli "Benfika" gollar soni bo'yicha ustun keldi.
RMC Sport xabariga ko'ra, de Dzerbi "Marsel" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin. Ayni paytda italiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya chempionati turnir jadvalida "Marsel" ayni damda uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "PSJ"dan 7 ochko ortda qolmoqda.