De Bryuyne: "Konte va Pepning o'yin uslubi bir-biridan keskin farq qiladi"

"Napoli"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte va "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola o'rtasidagi farqlar haqida gapirdi.
"Xulosa chiqarish qiyin, axir men "Napoli" safida bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazdim. Lekin Kontening uslubi Pepnikidan keskin farq qiladi. U ko'proq taktik va biroz sekinroq. O'yin boshqacha quriladi, hatto bu erdagi maydon ham boshqacha - quruqroq, bu ham o'yin sur'atiga ta'sir qiladi," - deya De Bryuynening so'zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida 34 yoshli xavbek "Manchester Siti"ni tark etib, erkin agent maqomida "Napoli"ga o'tgan edi.