De Bryuyne Belgiya terma jamoasi sardorligidan mahrum etildi

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoaning tajribali yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne nega endi sardorlik qilmasligini tushuntirdi.
"Tilemans Lixtenshteynga qarshi o'yinda sardor bo'ladi. Yuri - "oltin avlod" va yosh futbolchilar o'rtasidagi bo'g'in", - dedi Garsiya matbuot anjumanida.
Murabbiy qo'shimcha qilganidek, Tilemans kelajakda Belgiya terma jamoasi sardori bo'lib qoladi.
Eslatib o'tamiz, De Bryuyne mavsum boshidan buyon Italiya chempioni "Napoli"da o'ynamoqda. Avvalroq u faoliyatining o'n yili davomida Angliyada "Manchester Siti"da o'ynagan. 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida Belgiya terma jamoasi safida 111 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urgan.