Dayo Upamekano «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Dayo Upamekano jamoa bilan shartnomasini uzaytirishdan oldin «PSJ»ga o'tish variantini ko'rib chiqqan-chiqmagani haqidagi savolga javob berdi.
«Yo'q, men hozir dunyoning eng yaxshi klublaridan biri — «Bavariya»daman. Bu erda o'zimni to'liq baxtli his qilyapman», — deya frantsuz himoyachisining so'zlarini keltiradi Bayern & Germany nashri.
Eslatib o'tamiz, Upamekano 2021 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Avvalroq futbolchi klub bilan amaldagi kelishuvini uzaytirgan edi.