Dayer: "Bu meni yoshartiradi"

Ushbu yozda "Monako"ga o'tgan markaziy himoyachi Erik Dayer Frantsiya klubidagi o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu men bir joyda ko'rgan yosh iqtidorlarning eng katta jamoasi. Bu menga Figu, Ronaldu, Nanisi bor "Sporting"ni eslatadi.
Atrofimda shunday yosh va g'ayratli futbolchilar borligi ham meni yoshartiradi", - deya angliyalikning so'zlarini keltiradi The Telegraph.