Dayer: "Bu menga og'riq beradi"

Himoyachi Erik Dayer Angliya terma jamoasiga chaqirilmaganidan afsuslanib gapirdi. U so'nggi marta ushbu jamoa safida 3 yil oldin "Tottenxem" nomidan maydonga tushgan edi.
"Angliya tarkibiga kira olmaganimda har safar yuragim og'riydi. So'nggi ikki yil davomida "Bavariya" safida deyarli barcha o'yinlarda ishtirok etdim, Bundesligada g'olib bo'ldim, Chempionlar Ligasida chorak final va yarim finalgacha etib bordim. Tarkibga kirish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qildim deb o'ylayman. Ammo bu shunchaki sodir bo'lmadi", - deb futbolchining so'zlarini keltiradi The Telegraph.
Bu mavsumni Dayer Frantsiyaning "Monako" jamoasida boshladi. U bu jamoaga erkin agent sifatida o'tdi. O'tgan 3 ta o'yinda futbolchi 1 ta gol urdi.