Davide Anchelotti otasining yoniga qaytdi

"Botafogo" bosh murabbiyi lavozimidan ketganidan so'ng, Davide Anchelotti bir qator Evropa klublarining e'tiborini tortdi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Hozircha u otasi Karlo Anchelotti bilan yaqindan hamkorlik qilib, Braziliya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda va shu bilan bir vaqtda o'z faoliyatining keyingi bosqichini rejalashtiryapti.
36 yoshli Davide katta ehtimol bilan kelasi yozda Evropa klublaridan biriga bosh murabbiy bo'ladi.