Davide Anchelotti – «Lill»ning yangi bosh murabbiyi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li Davide Anchelotti Frantsiya klubini boshqaradigan bo'ldi. «Lill» 36 yoshli mutaxassisning bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.
Kichik Anchelotti 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Davide Anchelotti bungacha Karlo Anchelottining murabbiylar shtabida ishlagan. Mustaqil murabbiy sifatida esa Davide faqatgina 2025 yilning iyul-dekabr oylarida «Botafogo» jamoasini boshqargan.
Eslatib o'tamiz, «Lill» Frantsiya chempionatida uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan edi. Shunday bo'lsa-da, «itlar» yaqinda Bruno Jenezio bilan xayrlashdi. Ushbu mutaxassis jamoa bilan ikki mavsum ishlagan edi.