David Silva Gvardiolaning eng yomon tarafini aytdi

"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi David Silva Pep Gvardiola qo'l ostida "shaharliklar" safida o'ynagan vaqtini yodga oldi.
"U bilan ishlash butunlay boshqacha darajada edi. U raqib jamoa nima qilmoqchi ekanligini allaqachon bilgani uchun, hamma narsani oldindan tayyorlab qo'yar edi. O'yin davomida barcha hodisalar u aytib berganidek kechdi. Bu o'yinni o'qishning mutlaqo yangi darajasi edi. Uning eng yomon tomoni shundaki, u juda talabchan; ko'p erkinlik bermaydi. Ammo boshqa jihatlardan Pep haqiqiy daho...", - dedi David Silva.