David Rayya o'z vatandoshining "Arsenal"ga moslashish jarayoni haqida gapirdi

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayya o'z vatandoshi Martin Subimendining klubga moslashish jarayoni haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi yozda "Real Sosedad"dan "kanonirlar" safiga o'tgandi.
"Menimcha, Martin Subimendi juda, juda aqlli. U ko'plab o'yinchilar bor bo'lgan ligaga juda yaxshi moslashdi. Odatda uning pozitsiyasida o'ynaydiganlar uchun moslashishga ko'proq vaqt kerak bo'ladi.
U shunchaki juda tez moslashdi va jamoa uchun nima qilayotganini ko'rishingiz mumkin", - dedi Rayya.
Subimendi "kanonirlar" safida mutlaq boshlang'ich tarkib futbolchisiga aylandi va joriy mavsum APLning shu paytgacha o'tkazilgan barcha o'yinlarida maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.