Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya ayni damda dunyoning eng yaxshi posboni kim ekanligini aytdi.

30 yoshli ispaniyalik futbolchi Madridning «Real» klubi a'zosi Tibo Kurtuani alohida e'tirof etdi.

«Kurtua — dunyodagi eng yaxshi darvozabon. U «Real» safida doimo o'zining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etadi — xuddi yaqinda «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi. U juda ishonchli», — dedi Rayya Sky Sports bilan suhbatda.

«Real» Chempionlar ligasining 1/4 finaliga yo'l oldi va u erda «Bavariya»ga qarshi o'ynaydi, biroq Tibo Kurtua jarohati sababli chorak final bahslarida ishtirok etmaydi. David Rayya esa «Arsenal» tarkibida turnirning xuddi shu bosqichida Lissabonning «Sporting» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.