David Rayya Chempionlar ligasi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga murojaat qildi

«Arsenal» darvozaboni David Rayya Chempionlar ligasi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng «Arsenal» muxlislariga murojaat qildi.
«Barchasi biz istagandek yakun topmadi, ammo bu ajoyib sayohat bo'ldi!
Butun mavsum davomida ko'rsatgan beqiyos qo'llab-quvvatlashlaringiz uchun rahmat, «kanonirlar». Yuksalish va pasayish davrlarida siz doimo yonimizda bo'ldingiz. Premer-liga — bizniki, ammo biz hali ishni yakuniga etkamadik. Bir necha soatdan keyin ko'rishamiz», — deb yozdi Rayya.