Avstriyalik himoyachi David Alaba katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunlanganidan so'ng Madridning «Real» klubini tark etadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar shu yozda nihoyasiga etadigan mehnat shartnomasini uzaytirishmaydi. Ta'kidlanishicha, bir nechta klublar allaqachon ehtimoliy hamkorlik borasida himoyachiga murojaat qilishgan.

Alaba 2021 yilning yozida Myunxenning «Bavariya» klubidan o'tganidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 13 ta o'yinda ishtirok etdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.