Dastan Satpaev «Chelsi»ning asosiy jamoasi bilan mavsum oldi yig'iniga yo'l oldi (Qaydnoma)

Qozog'istonlik 17 yoshli hujumchi Dastan Satpaev Londonning «Chelsi» klubi asosiy tarkibi bilan mavsum oldi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda.
Iqtidorli forvard londonliklarning «Krouli»ga qarshi o'tkazilgan yopiq nazorat uchrashuvida (3:1) maydonga tushib, bir taym harakat qilishga ulgurdi. Hozirda u «Chelsi» tizimiga to'liq integratsiya bo'lgan holda, asosiy jamoa darajasidagi ilk to'liq ko'rikdan o'tmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Satpaev londonliklarning Avstraliya va Osiyo bo'ylab o'tkaziladigan mavsum oldi turnesida ishtirok etadigan 27 nafar futbolchidan iborat qaydnomasidan o'rin olgan. «Chelsi» ushbu yig'in doirasida «Tottenhem», «Yuventus» va «Milan» kabi grand jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
Qozog'istonlik futbolchini maydonda ko'rish mumkin bo'lgan eng yaqin imkoniyat — 28 iyul kuni «Uestern Sidney Uonderers»ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdir.

Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar