Dasaev: "Safonovning nima uchun "PSJ"ga qo'shilganini tushunmayapman"

Mashhur darvozabon Rinat Dasaev "PSJ"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Matvey Safonov haqida gapirdi.
"Men uning "PSJ"da qolishidan hech qanday ma'no ko'rmayapman.
Uning shartnomasi qanday ekanligini bilmayman. Agar u shartnomani bekor qila olmasa, uni ijaraga berishga harakat qilishadi.
Safonovning nima uchun "PSJ"ga qo'shilganini tushunmayapman", dedi Dasaev Metaratings uchun.