Darvin Nunes «Liverpul»ga qaytmoqchi

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunes yaqin orada yana klubini o'zgartiradi. Urugvaylik futbolchi Karim Benzema jamoaga kelganidan so'ng Saudiya klubi asosiy tarkibidagi joyini yo'qotdi.
Jurnalist Gabriel Sansning bergan ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli forvard «Al-Hilol» bilan shartnomani bekor qilish borasida printsipial kelishuvga erishgan — u tez orada erkin agent maqomiga ega bo'ladi. Shuningdek, futbolchi o'tgan yilning avgust oyida tark etgan sobiq jamoasi «Liverpul»ga qaytishdan mamnun bo'lishi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, «Al-Hilol» Darvin Nunesni mersisaydliklardan 53 million evro evaziga sotib olgan edi. Hujumchi Ar-Riyod jamoasi safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.