O'tgan yilning avgustida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga ko'chib o'tgan Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Darvin Nunes Evropaga qaytishga yaqin turibdi. Jurnalist Sasha Tavolerining X ijtimoiy tarmog'idagi xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Turkiyaning «Beshiktash» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga juda yaqin turishibdi. Shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan bo'ladi.

OAV xabarlariga ko'ra, «Al-Hilol» 2025 yilning yozida Nunes uchun «Liverpul»ga 53 million evro to'lagan edi. O'tgan mavsumning birinchi yarmida forvard Saudiya Arabistoni chempionatidagi 16 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qishda esa legionerlar limiti oshishi sababli uning nomi musobaqa qaydnomasidan chiqarib tashlangan edi.

Manba: Stadion.uz