Darvin Nunes «Beshiktosh»ning diqqat markazida

«Beshiktosh» «Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunesga qiziqish bildirmoqda.
Fotomac nashrining yozishicha, Turkiya klubi urugvaylik futbolchini 4 million evro evaziga ijaraga olishni taklif qilgan.
Shuningdek, taklif tarkibiga bonus ham kiritilgan: agar klub chempion bo'lsa va Nunes mavsum davomida 20 tadan ortiq gol ursa, «Al-Hilol»ga yana 4 million evro to'lab beriladi.
O'tgan mavsumda Nunes Saudiya Arabistoni chempionatidagi 16 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar