Darvin Nunes «Barselona»ga o'tishni xohlamoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga tayyor.
27 yoshli futbolchi Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolgan taqdirda «ko'k-anorranglilar» uchun muqobil variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi Kataloniya grandi uchun hamyonbop va manfaatli variant bo'la olishiga amin. Futbolchi va uning agenti vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishadi.
Transfermarkt ekspertlari «Liverpul»ning sobiq forvardi qiymatini 20 million evroga baholamoqda. Nunesning «Al-Hilol» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar