Dante Evropa Ligasi tarixidagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi

"Nitstsa" himoyachisi Dante Evropa ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Roma"ga (1:2) qarshi bahsda ishtirok etdi. O'yin vaqtida u 41 yosh 11 oy 6 kunlik bo'lgan.
Musobaqa matbuot xizmatining xabar berishicha, Dante Evropa Ligasi tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi.
Evropa ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Nitstsa" "Fenerbaxche"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.