Migel Danni Portugaliya terma jamoasining JCh-2026 turniridagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida gapirdi.

«Men natijadan hafsalam pir bo'ldi. Bizda ajoyib jamoa bor edi, JCh-2026da g'olib chiqishga qodir edik. Murabbiy kerakli o'zgartirishlarni amalga oshirmadi, shu sababli ham Ispaniyaga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldik», — deya sobiq yarim himoyachining so'zlarini keltiradi «RB Sport».

Eslatib o'tamiz, JCh-2026ning 1/8 finalidan o'rin olgan bahsda Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Uchrashuv so'ngida kiritilgan yagona gol muallifi yarim himoyachi Mikel Merino bo'ldi.

Mundialdagi mag'lubiyatdan so'ng Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Manba: Stadion.uz