Daniloga «MYu» va «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda

BBC xabariga ko'ra, «Botafogo» yarim himoyachisiga «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» tomonidan qiziqish bor. Braziliyalik futbolchi ularning short-listidan o'rin olgan.
Qayd etilishicha, «Zenit» va «Palmeyras» Danilo uchun taxminan 25 mln funt (30 mln evro) taklif qilgan.
Yarim himoyachi ilgari Angliyada «Nottingem Forest» sharafini himoya qilgan. U APLda 50 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol muallifiga aylangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar