Daniele de Rossi VAR haqida: "Bu hakamning o'rnini bosuvchi vosita emas"

"Jenoa" klubini boshqarayotgan taniqli italiyalik sobiq futbolchi Daniele de Rossi VAR tizimi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Biz hakamga ko'proq harakat erkinligini berishimiz kerak. Hakamni ekran oldiga chaqirishlari va u bo'layotgan voqealarni kuzatishi to'g'ri, shuning o'zi kifoya. VAR — bu shunchaki vosita, ammo u hakamning o'rnini bosa olmaydi", - dedi murabbiy matbuot anjumanida.
Italiya chempionatining 23 turidan so'ng "Jenoa" 23 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Ertaga, 7 fevral kuni de Rossi jamoasi o'z maydonida "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.