Dani Sebalosga narx belgilandi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishga tayyor — u o'zi uchun qadrdon bo'lgan «Betis» klubiga qaytishni afzal ko'rmoqda, deya xabar beradi Diario AS nashri. «Qaymoqranglilar» tomonidan belgilangan narx seviliyaliklar uchun muammo tug'dirishi mumkin: «Real» 29 yoshli futbolchi uchun 15 mln evro talab qilmoqda, vaholanki uning shartnomasi kelasi yili o'z nihoyasiga etadi.
Transfermarkt portalida Dani Sebalosning bozor qiymati 8 mln evro deb ko'rsatilgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid grandi safida 22 ta o'yinda ishtirok etdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchi jarohati sababli fevral oyidan beri maydonga tushmayapti.
Kommentariyalar