Dani Olmo Ispaniyaning jahon chempioni bo'lganiga munosabat bildirdi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo 2026 yilgi jahon chempionatidagi g'oliblikni izohladi. Futbolchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirdi.
«Bu bizning ikkinchi yulduzimiz. Hammangizning qo'llab-quvvatlashingizsiz buning imkoni yo'q edi. Buni men hech qachon unutmayman. Barchaga mehr uchun rahmat, birga bo'lganingiz uchun rahmat olg'a, Ispaniya!», — deyiladi futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Mundialning final bahsida Ispaniya terma jamoasi Argentina milliy jamoasi bilan bahs olib bordi. Luis de la Fuente shogirdlari 1:0 hisobida minimal g'alabani bayram qilishdi. Yagona gol muallifi hujumchi Ferran Torres bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar