Dani Olmo: "Bu biz uchun aniq maqsad"

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo "ko'k-anorranglilar" joriy mavsumda Chempionlar ligasi g'olibligi uchun kurashishini aytdi.
“Bu biz uchun aniq maqsad. O'tgan yili yarim finalgacha etdik, va o'ylaymanki, o'tgan yildagi voqealardan so'ng Evropada yana nomzodlar qatoriga qaytdik.
Bizda ajoyib jamoa bor, o'tgan mavsum uchta sovrin yutdik, va bu yil ularni himoya qilishga va bizga etishmayotgan unvonga da'vogarlik qilishga harakat qilamiz", - dedi 26 yoshli ispaniyalik xavbek.